Runshanba — bu har shanba kuni Toshkentdagi bog'larda 5 km masofaga o'tkaziladigan haftalik bepul yugurish mashg'ulotlari bo'lib, u har qanday tayyorgarlik darajasidagi insonlarni birlashtiradi.
Biz haqimizda batafsil
RUNshanba — bu Toshkentdagi istirohat bog‘lari bo‘ylab tashkil etiladigan 5 km masofaga yugurish mashg‘ulotlari. Lekin bu shunchaki yugurish emas, balki biz har shanba tongida kunni sport bilan boshlash va ajoyib davrada vaqt o‘tkazish uchun yig‘ilamiz. Har oyning so‘nggi shanbasida esa nazorat yugurishlarini o‘tkazamiz. Unda RUNshanba jamoasi ishtirokchilarning natijalarini qayd etadi, so‘ngra ularni saytda e’lon qiladi. Shu tariqa, har bir ishtirokchi o‘z o‘sishini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi, chunki yugurish manzillari o‘zgarsa ham, masofa uzunligi doim bir xil — 5 km ni tashkil etadi. RUNshanba mashg‘ulotlarida startda, yo‘nalish bo‘ylab va finishda ishtirokchilarga maxsus marshallar ko‘maklashadi. Finishdan so‘ng esa yuguruvchilarni issiq choy, suv va shirinliklar kutadi. RUNshanba — to‘liq notijoriy loyiha. Shu bois biz volontyor bo‘lishga tayyor va dasturxonimiz uchun shirinliklar olib keladigan insonlarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz va qadrlaymiz.
Ha, albatta. Bizda tayyorgarlik darajasi bo‘yicha talablar yo‘q — yugurishingiz, piyoda yurishingiz yoki ularni navbatma-navbat bajarishingiz mumkin. Asosiysi — boshlash.
Bu mutlaqo tabiiy hol. Bizda yugurish tezligi (temp) bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q — har kim o‘z ritmida yuguradi. Siz aslo oxirida qolib ketmaysiz, jamoa sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ha, yugurish mashg‘ulotlarida ishtirok etish mutlaqo bepul.
Ishtirok etish barcha uchun — o‘smirlardan tortib kattalargacha ochiq. Agar ishtirokchi 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, ota-onasi bilan kelishi yoki ularning ruxsatiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Albatta. Kelib tanishishingiz, jarayon qanday o‘tishini ko‘rishingiz va muloqot qilishingiz mumkin. Shundan so‘ng ishtirok etish yoki etmaslikni o‘zingiz hal qilasiz.
Bizning mashg‘ulotlarimiz Toshkentning turli joylarida o‘tkaziladi, eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling.
O‘zingiz bilan qulay sport kiyimi va krossovka oling. Xohishga ko‘ra suv, ro‘yxatdan o‘tish yoki aloqa uchun telefoningizni olishingiz mumkin. Va, albatta, ko‘tarinki kayfiyat bilan keling 🙂
va barcha yangiliklardan xabardor bo‘lib boring
A’zo bo‘lish